2 nafar voyaga etmagan qizlarga noqonuniy saboq bergan ayolning qilmishlari fosh bo`ldi
Joriy yilning 10 fevral kuni Farg`ona viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Farg`ona tumani Chimyon mahalla hududida yashovchi E.F ismli ayol 2022 yilning avgust oyidan buyon 2 nafar voyaga etmagan qizlarga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, E.F ismli ayolga nisbatan JIB Bag`dod tumani sudi tomonidan BXMning 3 barobari (900.000 so`m) miqdorda jarima jazosi tayinlandi.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati
22.02.2023 21:12
Farg`onada ayol 2 nafar voyaga etmagan qizlarga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotgani aniqlandi
