Amerikalik aktyor Tom Xenks Nyu-Yorkdagi Markaziy xiyobonda yugurish paytida Rayan va Elizabet ismli kelin kuyovlarning to`y fotosessiyasida ishtirok etdi, deb yozadi “Tjournal”.
Kelin kuyovlarni suratga olayotgan fotograf xiyobonda yugurib yurgan kishining tezroq o`tib ketishini kutib, fotoapparatini pastga tushirib turdi. Biroq, yugurayotgan kishi yaqinroq kelganda uning taniqli aktyor ekanligi ma`lum bo`ldi.
Xenks kelin kuyovlarni tabrikladi va ular bilan suratga tushdi, hatto bu suratlarni o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e`lon qildi.
Elizabeth and Ryan! Congrats and blessings! Hanx. pic.twitter.com/Uy2GIqYphU
— Tom Hanks (@tomhanks) 24 sentyabrya 2016 g.