Tojikistonda 23 fevral Toshkent vaqti bilan 05:37 da kuzatilgan zilzila kuchi O`zbekiston hududida ham sezilgani haqida FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma`lum qildi.
Tojikistondagi zilzila magnitudasi 5,8 ball bo`lgan. Episentr markazi Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda qayd qilingan. O`zbekiston hududida zilzila kuchi:
- Farg`ona viloyatida 4 ball;
- Andijon viloyatida 4 ball;
- Namangan viloyatida 4 ball;
- Sirdaryo viloyatida 3-4 ball;
- Toshkent shahrida 3-4 ball;
- Jizzax viloyatida 3-4 ball;
- Surxandaryo viloyatida 3 ball;
- Samarqand viloyatida 3 ball;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball;
- Navoiy viloyatida 3 ball;
- Buxoro viloyatida 3 ball.
Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 5:55 da, 06:06 da hamda 06:35 da magnitudasi 4,7, 4,2 va 4,5 balli er silkinishlari qayd etilgan.






