AsosiyJamiyat

Endi aholi soni ko`payishiga qarab maktab filiallari alohida yangi maktab siftida qayta tashkil etiladi

'Endi aholi soni ko`payishiga qarab maktab filiallari alohida yangi maktab siftida qayta tashkil etiladi'ning rasmi

Kecha, 22 fevral kuni Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi respublika ishchi guruhi G`uzor tumanidagi ta`lim maskanlarida bo`ldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati Darakchi.uz ga ma`lum qildi. 

Dastlab vazir tumanning "Yakkadaraxt" mahallasida joylashgan 12-sonli maktabning filialida bo`lib, o`quvchi yoshlar bilan muloqot qildi hamda maktabning foydalanishga yaroqsiz eski binosini ko`zdan kechirdi.  

Vazirning tashrifi davomida tuman hokimi Bekzod Suyunov hamrohlik qilib, tumanda ta`limni rivojlantirish uchun respublika miqyosida hal etiladigan muammolarda amaliy yordam berishni so`radi.

️Shuningdek, vazir maktabga bitta xonani informatika xonasi sifatida jihozlab, kompyuterlar bilan ta`minlash haqida topshiriq berdi.

Aholi soni ko`payishi inobatga olinib, shu kabi maktab filiallari alohida yangi maktab sifatida faoliyat olib borishiga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar