AsosiyJamiyat

Farg`ona hayvonot bog`idagi jirafa nobud bo`ldi

'Farg`ona hayvonot bog`idagi jirafa nobud bo`ldi'ning rasmi

Farg`ona hayvonot bog`ida Qozog`istondan keltirilgan Maksim laqabli jirafa nobud bo`ldi. Bu haqda zoopark direktori Tursunali Mamajonov xabar berdi.

Jirafaning o`limiga anomal sovuq sabab bo`ldi.

"Xonasi kichikligi uchun tashqariga — toza havoga, shamollatishga olib chiqib turardik. Oxirgi payt ko`p yotadigan bo`lib qolgandi. Anomal sovuq kunlarida tashqariga chiqarganimizda shamollab qolibdi, buni o`lgandan keyin bildik. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Tabiat vazirligi viloyat boshqarmasi va boshqa tashkilotlardan mutaxassilarni chaqirtirib, jasadini tekshirtirdik, o`shanda shamollagani ma`lum bo`ldi. Go`shtini esa hayvonlarga tarqatdik", — dedi Tursunali Mamajonov.

Uning so`zlariga ko`ra, anomal sovuqda boshqa mayda jonzotlar, xususan, qushlar ham nobud bo`lgan, biroq boshqa yirik hayvonlarga zarar etmagan.

    Boshqa yangiliklar