Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.R. va boshqalar “I.T.” va “T.A.” MChJ rahbarlarining ishonchiga kirib, ushbu MChJlar tomonidan 50 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish uchun “Toshkent-Quvayt-Madina” yo`nalishi bo`yicha aviachiptalarni band qilishga yordam berish evaziga oldindan to`lov sifatida jami 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






