O`zbekiston jamoasi maxsus kuchlar musobaqasida sport to`siqlaridan eng tez o`tib, Checheniston IIVning ”Axmat“ jamoasini (2-o`rin) va Qirg`iziston maxsus kuchlari (3-o`rin) jamoasini ortda qoldirib, eng yuqori pog`onaga ko`tarildi. Bu haqda UzA xabar berdi.
UAE SWAT Challenge 2023 — huquqni muhofaza qiluvchi maxsus kuchlar o`rtasidagi norasmiy jahon chempionati. Bu yil unda 28 davlatdan 57 jamoa ishtirok etmoqda. Rossiya Federasiyasi sharafini 3 ta jamoa himoya qilmoqda, shuningdek, MDH davlatlaridan ham jamoalar ishtirok etmoqda.