AsosiySport

O`zbekistonlik o`smir bokschilar Rossiyadagi turnirda 1-o`rinni egalladi

'O`zbekistonlik o`smir bokschilar Rossiyadagi turnirda 1-o`rinni egalladi'ning rasmi

Joriy yilning 19-23 fevral kunlari Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida boks bo`yicha o`smirlar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoaviy bellashuvlar tarzida tashkil etilgan musobaqada o`zbekistonlik bokschilar Rossiya-1, Rossiya-2, Belarus va Sankt-Peterburg jamoalariga qarshi bahs olib bordi. 

Bekzod Hidirov murabbiyligidagi O`zbekiston jamoasi 4 ta uchrashuvning barchasida g`alabaga erishdi va turnir g`olibligini qo`lga kiritdi.

Natijalar:

O`zbekiston-Rossiya-1 – 7:6;

O`zbekiston-Sankt-Peterburg – 10:3;

O`zbekiston-Belarus – 9:4;

O`zbekiston-Rossiya-2 – 8:5.

    Boshqa yangiliklar