AsosiyJinoyat

Buxoroda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan fuqaro qo`lga olindi

'Buxoroda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro E.S. fuqaro M.F.ning ishonchiga kirib, uni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik), va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar