Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Jolining ajrashishi rasman e`lon qilinganidan so`ng, xakerlar ham bu ma`lumotdan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga qaror qildi, deb yozadi “Vesti”.
Gap shundaki, kiberfiribgarlar internet orqali aktyor Bred Pittning vafoti haqidagi yolg`on xabarni tarqatmoqda. Bu xabar tagida esa zararli virus yashiringan.
Xabarda go`yo Bred Pitt vafot etgani va bu haqdagi xabar Fox News telekanalida e`lon qilingani aytiladi. Xabarni ochgan internet foydalanuvchisining esa ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari xakerlar qo`liga o`tadi.
Ma`lumot uchun, yulduzli juftlik 10 yil birga yashagan. Ularning olti nafar farzandlari bor.





