AsosiyJinoyat

Buxoroda 12 mlrd so`mga yaqin tabiiy gazni talon-taroj qilgan "zapravka" mansabdorlari qo`lga olindi

'Buxoroda 12 mlrd so`mga yaqin tabiiy gazni talon-taroj qilgan "zapravka" mansabdorlari qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan qish mavsumida aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ko`mir bilan uzluksiz ta`minlash, har qanday ko`rinishdagi suiiste`molchiliklar va qonunbuzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan choralar ko`rilmoqda.

UzA xabar berishicha, joriy yilning 10 fevral kuni “Hududgaz Buxoro” GTF hamda metrologiya xizmati mutaxassislari hamkorligida mavjud ma`lumotlar asosida viloyatdagi ayrim AGQKSh (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha)larda o`rganishlar olib borildi. O`rganishlar davomida “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasiga qarashli 3 ta AGQKSh larda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 11 milliard 847 million 744 ming so`m zarar etkazilgan. Natijada tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.

Aniqlanishicha, korxonaning AGQKSh (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “KWANGSHIN GEO-350” rusumli kompressor o`rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 ni tashkil etib, uning oqibatida 2022 yilning 1 noyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo`lgan davrda 3 milliard 493 million 218 ming so`mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.

Shuningdek, korxonaning AGQKSh (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “SICHUAN ZW-4.36/3-250” rusumli kompressor o`rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 tashkil etadi. Buning natijasida 2022 yilning 10 sentyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo`lgan davrda 5 milliard 774 ming 443 so`mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.  

Bundan tashqari, korxonaga qarashli yana bir AGQKSh (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “SICHUAN ZW-4.36/3-250” rusumli kompressor o`rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 tashkil etadi. Buning oqibatida 2022 yilning 13 sentyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo`lgan davrda 2 milliard 580 million 83 ming so`mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.  

To`plangan hujjatlarga ko`ra, “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida juda ko`p miqdorda o`g`irlik sodir etishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan. Olib borilgan o`rganishlar natijasida mazkur holat yuzasidan G`ijduvon tumanidagi “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

    Boshqa yangiliklar