Avvalroq, Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida itlarni so`yilganligi aks etgan vido haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan aniqlanib, hozirda voqea yuzasidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, tumanning A.Yassaviy mahallasida yashovchi 1986 yilda tug`ilgan fuqaro B.X. o`zining yashash xonadonida 25 dona, itlarni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlaganligi va ularni so`yib kelayotganligi aniqlangan.
Hozirda tuman IIB va Veterinariya bo`limi hamkorligida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, so`yilgan itlarning soni va ushbu fuqaroning itlarni so`yishdan ko`zlagan maqsadlariga oydinlik kiritish jarayoni ketmoqda.
Surishtiruvlar davomida aniqlangan ma`lumotlarga ko`ra qonuniy chora ko`rilishi ta`minlanadi.