AsosiySport

O`zbekiston Avstraliyani mag`lub etib, Jahon chempionatiga yo`l oldi

'O`zbekiston Avstraliyani mag`lub etib, Jahon chempionatiga yo`l oldi'ning rasmi

Futbol bo`yicha 20 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 chorak finalida O`zbekiston yoshlari Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi va penaltilar seriyasida g`alaba qozonib, JCh yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

«Bunyodkor» stadionida kechgan uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`limning 77-daqiqasida raqiblar hisobda oldinga chiqdi. Oradan 2 daqiqa o`tib, O`zbekiston yoshlari muvozanatni tiklashdi.

Qo`shimcha bo`limlarda ham hisob o`zgarmadi va g`olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.

Seriyada hamyurtlarimiz 5-4 hisobida g`alaba qozonishdi.

U-20 Osiyo Kubogi—2023. Chorak final

O`zbekiston U-20 — Avstraliya U-20 1:1 (penaltilar bo`yicha - 5:4)

O`zbekiston U-20: 21. Otabek Boymurodov, 3. Abduqodir Husanov, 6. Jahongir O`rozov, 7. Po`latxo`ja Xoldorxonov, 8. Behruzbek Asqarov (4. Abubakr Ashurov, 113), 10. Umarali Rahmonaliev, 13. Zafarmurod Abdurahmatov (2. Izzatullo Po`latov, 94), 14. Abbosbek Fayzullaev, 15. Diyorbek Ortiqboev (17. Nodirbek Abdurazzoqov, 118), 20. Mahmudjon Mahamadjanov, 22. Sherzod Esanov (11. Shahriyor Jabborov, 64).

Avstraliya U-20: 1. Jek Varshavski, 2. Joshua Roulins, 3. Nektarios Triantis, 4. Kris Donnell (16. Jeyk Gerdvud-Rayx, 102), 7. Bernardo Oliveyra (17. Eydan Simmons, 61 (22. Jin Ris, 99), 8. Alessandro Lopane, (19. Archi Gudvin, 90+2) 9. Gabriel Popovich (11. Rafael Rodriges, 102), 10. Adrian Segechich, 13. Panashe Madanya, 15. Jozef Ford, 21. Jed Dryu (20. Aleksandr Badolato, 61).

Ogohlantirish: Nektarios Triantis (45), Aleksandr Badolato (90+3).

    Boshqa yangiliklar