Tinch okeani janubidagi Tonga qirolligi yaqinida 7 magnitudali zilzila qayd etildi.
Zilzila episentri 22,4 ming kishi istiqomat qiluvchi Tonga poytaxti Nukualofa shahridan 1011 kilometr janubda joylashgan. Orol aholisi sunami xavfi haqida ogohlantirilgan.
Eslatib o`tamiz, shu yilning 6 fevral kuni Turkiyada 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo`lgandi. Uning oqibatida 40 mingdan ortiq odam halok bo`ldi, 100 ming kishi jarohat oldi. BMT Turkiyadagi zilzilalarning iqtisodiy zararini 100 milliard dollarga baholagan.