AsosiyJamiyat

Samarqandlik ayol rossiyadagi eri bilan janjallashib, bolalarini qiynadi (video)

'Samarqandlik ayol rossiyadagi eri bilan janjallashib, bolalarini qiynadi (video)'ning rasmi

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida ayol eri bilan janjallashib qolgani sababli farzandini qiynadi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatiga ko`ra, 2000 yilda tug`ilgan X.U. Rossiyada bo`lgan eri bilan o`rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida jahl ustida bolasini qiynab, tasvirga olib, turmush o`rtog`iga yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayol bolasini bir qo`lida ko`tarib, bo`ynidan bo`g`ib, tasvirga olganini ko`rish mumkin. “Dadajon, men o`lyapman de. Bolalarimning jonini olaman”, deb ta`kidlagan ayol.

Hozirda holat yuzasidan ichki ishlar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat to`liq o`rganilib, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

    Boshqa yangiliklar