18 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:21 da O`zbekistonning yangi tashkil etilgan "Centrum Air" aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo`nalishida parvoz qilagan samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga qo`ndi. An`anaga ko`ra, samolyot suv arkasi bilan, ekipaj a`zolari va 173 yo`lovchi esa tantanali ravishda karnay va surnay sadolari bilan kutib olindi.
Toshkent — Buxoro — Toshkent yo`nalishi bo`yicha muntazam yo`lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari "Airbus A320" samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"Centrum Air "— shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan, 2023 yil yanvar oyida yo`lovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan O`zbekistonning "loukoster" aviakompaniyasi. Bugungi kunga qadar aviatashuvchi parkida uchta "Airbus A320" va ikkita "Boeing-737" mavjud.