AsosiyJamiyat

Navoiyda harakatlanib ketayotgan "Damas" yonib ketdi(video)

'Navoiyda harakatlanib ketayotgan "Damas" yonib ketdi(video)'ning rasmi

Kecha, 18-mart kuni Navoiy shahrida Damas rusumli avtomobil harakatlanayotgan vaqtida yonib ketdi.

Ma`lum bo`lishicha, soat 15:00 atrofida mashina salonidan tutun chiqqan. Yo`lovchilar mashinadan tushayotganda yong`in boshlangan.

Haydovchi gaz ballonini yopib, o`t o`chirish uskunasi bilan yong`inni bostirmoqchi bo`lgan, ammo avtomobil to`liq yonib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

2 ta qutqaruv ekipaji voqea joyiga etib borib, yong`inni o`chirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar