1

Shohjahon Jo`raev yangi imidji haqida: “Men kuylamoqchi bo`lgan qo`shiqlarga mo`ylovli Shohjahon to`g`ri kelmas ekan”

Shou-biznes 03.10.2016, 11:17
Teglar: Xonanda, Shou-biznes
Shohjahon Jo`raev yangi imidji haqida: “Men kuylamoqchi bo`lgan qo`shiqlarga mo`ylovli Shohjahon to`g`ri kelmas ekan”

Xonanda Shohjahon Jo`raev imidjini o`zgartirgani va o`zining “tashrif qog`ozi”ga aylanib qolgan mo`ylovi bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik. Shohjahon “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida tashqi ko`rinishiga o`zgartirish kiritishi sabablariga to`xtalib o`tdi

“Bu haqda gapirsam, tarixi uzun. Bilasizmi, o`zimga qolsa bu imidjda allaqchon ko`rinish bergan bo`lardim. Ammo ijodimni boshlagan yillarim istasam-istamasam, dadamga qiyoslovchilar ko`p bo`lgan. Mana o`n yildirki, dadamning yo`nalishida, ularning qo`shiqlarini qayta kuylab ijod qildim, to`plamlar yaratdim. Tan olishim kerak, shu kungacha sahnaga chiqqanimda men uchun emas, dadam uchun qarsak chalinardi, ya`ni ularning qo`shiqlarini kuylaganim uchun.  Ammo butun umr soyada yurishim to`g`ri emasligini yaxshi bilaman. Bugun dadamga munosib o`g`il ekanimni etarli darajada isbotladim. Endi ko`rganlar kimningdir o`g`li emas, Shohjahon Jo`raev deyishyapti. Sekin-sekin ikki yo`nalishni qorishtirib, o`zim istagan yo`nalishga ham etib kelyapman. Aytmoqchimanki, aslida men yaratishni istagan qo`shiqlar bugungi kunda jarang sochishni boshladi, prem`erasi kutilayotganlari ham bor. Men istagan yo`nalishdagi qo`shiqlarga esa mo`ylovli Shohjahon to`g`ri kelmas edi. Shuning uchun imidijimga biroz o`zgartirish kiritdik. Bugungi yaratadigan qo`shiqlarim 35 yoshdan kichik bo`lganlarga mo`ljalangan. Rok-n-roll elementlari qo`llanilayotgan yangi qo`shiqlarimni eski shinavandalarim tushunmay qolishadimi deyman-da. Tez kunlarda yangi albomdan joy olgan “Go`zalim” qo`shig`i efirlarga uzatiladi. Bu qo`shiq milliy yo`nalishda emas, u yoshlarbop janrda. Nima demoqchiligimni muxlislar qo`shiqni tinglaganda bilib olishadi”,—deydi Shohjahon Jo`raev. 

Xonanda bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 40-sonida o`qishingiz mumkin.

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
​ FARRUH ZOKIROVDAN TANQID EShITGAN VA TOHIR SODIQOV DUET KUYLAShDAN BOSh TORTGAN UMIDAXON

11.08.2017, 16:04

"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professionalmusiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON... 1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata”...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1