1

Rossiyada mushuk 400 ming yillik daromad va shaxsiy haydovchiga ega bo`ldi

Dunyo 03.10.2016, 12:12
Rossiyada mushuk 400 ming yillik daromad va shaxsiy haydovchiga ega bo`ldi

Rossiyaning Perm shahridagi qurilish kompaniyalaridan biri mushukni ishga qabul qildi. Yangi xodimning laqabi Barsik, deb yozadi “Vesti”. 

Mushukning yillik daromadi 400 ming rubl va unga shaxsiy haydovchi ham ajratilgan. 

Joriy hafta boshidan mushuk ish boshladi. Uning majburiyatlariga selfi tushish va o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi mikrobloglarini yuritish kiradi. Uning ish grafigi erkin.  

Mushukning egasi Vasiliy Kuchumovning aytishicha, kompaniya va mushuk o`rptaisda shartnoma imzolangan va hayvonning majburiyatlari shartnomada aytib o`tilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, shartnomani mushukning o`zi “imzolagan” ya`ni qog`ozga panja izini bosgan. 

Yaxshi ishga ega bo`lish uchun Barsik ancha ter to`kdi. Sentyabr oyi boshida qurilish kompaniyasi reklamasi uchun uy hayvonlari o`rtasida kasting e`lon qilgan edi. Shundan so`ng yuzlab uy hayvonlarining suratlari elektron pochta orqali qabul qilindi. Kasting natijasida kompaniyaning reklamasida suratga tushish uchun aynan Barsik tanlab olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1