AsosiyJinoyat

Madaniyat va turizm sohasida qo`pol qonun buzilish holatlari aniqlandi

'Madaniyat va turizm sohasida qo`pol qonun buzilish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan sobiq Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida o`rganishlar olib borilgan. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonun talablari buzib kelingani aniqlandi.

Xususan, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan yuqoridagi Qonun talablari buzilib, tender tanlovlari o`tkazilmasdan, festival tadbirlarini o`tkazish uchun turli firmalar bilan 20 milliard so`mlik to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar tuzilgan.

Ushbu festivallar 2022 yilning may-sentyabr oylarida amalda o`tkazib bo`lingan bo`lsa-da, qonun buzilishlarni yashirish maqsadida “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga 24 oktyabr va 3 noyabr kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini o`tkazish haqida nomigagina e`lon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan.

O`tkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan ishlar va ko`rsatilmagan xizmatlar uchun 8 milliard so`mlik byudjet mablag`lari talon-taroj qilingani aniqlandi.

Tekshirish natijasiga ko`ra, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar