AsosiyJamiyat

Toshkentdagi «Islom ota» jome` masjidining yangi suratlari e`lon qilindi

Jasur Hamroev Facebook’dagi sahifasida Toshkentning Farg`ona yo`li ko`chasida joylashgan «Islom ota» jome` masjidining yangi suratlarini e`lon qildi.

Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda

«Yaratganning Erdagi yana bir uyi… ‘Islom Ota’ jome` masjidi. Qayta ta`mirlangan ushbu masjidda qilinajak har bir duo xalqimiz qahramoni, Birinchi Prezidentimiz, marhum Islom otamiz oxiratiga nur bo`lib, sochilishiga umid qilamiz!», — deyiladi muallif sahifada qoldirgan izohda.

Eslatib o`tamiz, masjidni tiklash ishlari 2015 yil oxirida boshlanib, 9 oy davom etdi. Qurilish-ta`mirlash ishlaridan so`ng masjidning umumiy maydoni qariyb ikki barobar oshib, 2900 kvadrat metrdan 5400 kvadrat metrgacha kattalashdi. Endi masjidda 560 kishi namoz amallarini ado etishi mumkin.

Boshqa yangiliklar