“Islom davlati” terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakir al-Bag`dodiy yuqori lavozimda ishlovchi uch jangari bilan birgalikda zaharlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Zahar jangarilarning ovqatiga solingan. Natijada Abu Bakir al-Bag`dodiy va uning sheriklari og`ir zaharlangan. Hodisa Suriya-Iroq chegarasidan uncha uzoq bo`lmagan Naynava viloyatida ro`y bergan.
“Islom davlati” terrorchilik guruhi a`zolari al-Bag`dodiy bo`lgan hududda tekshiruv ishlarini olib borib, aholini qamoqqa olgan. Ular ovqatga zahar qo`shgan odamni aniqlashga kirishgan.





