1

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tuzilmasi o`zgartirildi

Jamiyat 04.10.2016, 11:58
Teglar: Ta`lim, Talaba
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tuzilmasi o`zgartirildi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (pdf) bilan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Vazirlik boshqaruv xodimlari to`rt kishiga qisqartirildi (43 dan 39 kishigacha).

Markaziy apparat xodimlarining umumiy soniga qo`yilgan cheklov olib tashlandi (avval 59 kishi edi). Bu xizmat ko`rsatuvchi va texnik xodimlar sonini o`rnatilgan me`yorlarga muvofiq aniq belgilash imkonini beradi.

Ilgari bevosita vazirga bo`ysungan oliy ta`lim boshqarmasi vazirning birinchi o`rinbosari ixtiyoriga o`tdi va sezilarli o`zgarishlarga uchradi. Uning bazasida ikkita bosh boshqarma shakllantirildi, bular — Kadrlar tayyorlash va oliy ta`lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta`minlash bosh boshqarmasi hamda Yangi dasturlar va o`quv adabiyotlarining joriy etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi.

Sharhlar

2022 yildan boshlab "Mirzo Ulug`bek vorislari" respublika tanlovi o`tkaziladi

22.01.2022, 11:21

2022 yildan boshlab har yili «Mirzo Ulug`bek vorislari» respublika tanlovi o`tkaziladi.Tanlovni o`tkazishda:I bosqich fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o`tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan har...
Talabalarga temir yo`l chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

25.12.2021, 21:07

Talaba va o`quvchilarga qo`shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo`l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50...
Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir xushxabarni e`lon qildi

16.12.2021, 08:37

Avvalroq talabalar kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirilgani haqida ma`lum qilgan edik. Unga ko`ra, to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash 2021 yilning 31 dekabriga qadar mumkin etib qo`yildi.Shuningdek, Oliy...
Hindiston O`zbekiston ta`lim sohasi uchun 448 mln. dollar ajratadigan bo`ldi  

14.12.2021, 08:35

Bu haqda  O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari va Hindistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhatlarning uchrashuvida ma`lum qilindi.O`zbekiston investisiyalar va tashqi savdo vazirligining xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1