AsosiyDunyo

Turkiyaning birinchi Togg elektromobili sotuvga chiqdi, uning birinchi egasi Erdo`g`on bo`ldi (video)

'Turkiyaning birinchi Togg elektromobili sotuvga chiqdi, uning birinchi egasi Erdo`g`on bo`ldi (video)'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg T10X elektromobilining birinchi egasi bo`ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi. 

Anqaradagi Prezident majmuida avtomobil kalitlarini tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi.  Marosimda Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdo`g`on ham ishtirok etdi.

"Bugundan boshlab biz "Togg"ni yo`llarda ko`ramiz", dedi Turkiya rahbari tadbirdagi nutqida.

Prezident Erdo`g`on "Togg" nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda avtomobil ixlosmandlari orasida shuhrat qozonishiga ishonch bildirdi.

Turkiyada ishlab chiqarilgan ilk elektromobil modeli – "Togg T10X"ni xarid qilish uchun arizalarni joylashtirish jarayoni boshlanganidan beri jami 177 467 ta oldindan buyurtma olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar