AsosiyJinoyat

Xorazmda voyaga etmagan qizni guruh bo`lib zo`rlagani bo`yicha Bosh prokuratura ma`lumotlar e`lon qildi

'Xorazmda voyaga etmagan qizni guruh bo`lib zo`rlagani bo`yicha Bosh prokuratura ma`lumotlar  e`lon  qildi'ning rasmi

Biroz avval, Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 erkak zo`rlagani, ularning 3 nafari hibsga olingani xabar qilingan edi. Shuningdek, holat yuzasidan Bolalar Ombudsmani rasmiy rasmiy bayonoti ham e`lon qilgandik.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma`lumotlarni ochiqladi. 

"Xabar beramizki, Xorazm viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan ushbu holat bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan avvaldan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tergov davomida 8 nafar shaxs gumonlanuvchi, 3 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan.

3 nafar ayblanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Shuningdek, jinoyat ishi doirasida bir qator murakkab ekspertizalar o`tkazish jarayoni ketmoqda va holatga aloqador shaxslar batafsil so`roq qilinmoqda. 

Barcha zarur tergov harakatlari o`tkazilganidan so`ng ish bo`yicha qonuniy to`xtamga kelinadi.

Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar