Rossiya federasiyasi poytaxtida joylashgan bolalar bog`chasidan birining hududiga gusenisali kran quladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Qurbonlar yo`q, voqea Moskva shahrining Ananevsk tor ko`chasida sodir bo`lgan. Baxtli tasodif tufayli yaqin o`rtada bolalar va tarbiyachilar bo`lmagan. Hozirda zudlik bilan voqea joyiga etib kelgan FVB va polisiya xodimlari hodisa sabablarini o`rganmoqda.