1

Jahongir Otajonov qo`shiqlariga nima sababdan klip suratga olmasligini aytdi

Shou-biznes 04.10.2016, 17:48
Teglar: Xonanda, OAV, Shou-biznes
Jahongir Otajonov qo`shiqlariga nima sababdan klip suratga olmasligini aytdi

Kuni kecha xonanda Jahongir Otajonov 28-29 oktyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida taqdim etiladigan “Kuz gullari” nomli konsert dasturi oldidan matbuot anjumani o`tkazdi.

Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan Jahongir Otajonovga turli mazmundagi savollar berildi. 

“Yaqinda studiyada jonli ijrodan foydalanish borasida Olmoniyada o`qib keldim. To`g`risini aytsam, bir necha yildan buyon studiyada sayqallangan musiqa sadolari ostida ashula yozolmayman. Bu balki kamchiligimdir... Faqat jonli musiqa sadolari ostida qo`shiq yozishim mumkin. Klip suratga olmasligimning birinchi sababi shu, ya`ni studiyada yozilmagan qo`shiqqa video suratga olib bo`lmaydi.

Ikkinchidan, klipmeykerlarimiz ko`proq birovlarning g`oyasi bilan klip suratga olishayotganining guvohi bo`lyapman. Men yaratayotgan musiqaning o`z adabiyoti bor, klip suratga olish uchun uni tushunish kerak. Talabchanligim juda kuchli, o`zimga nisbatan ham atrofimdagilarga nisbatan ham. Klip suratga olmayotganimning sabablarimdan biri mana shu.

Birovlarning fikri bilan ish qilolmayman, bu menga halal beradi. San`atkor xalq orqasidan emas xalqni o`z orqasidan ergashtira olishi kerak, deb hisoblayman. 

San`atkor xalq eshitadigan ashulani aytishi emas, san`atkor kuylagan ashulani xalq eshitishi kerak.”

Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan xonandaga klip olishi va uni yosh avlodga taqdim etishi kerakligi to`g`risidagi takliflardan kelib chiqib, Jahongir Otajonov kelgusida yoshlarimizga ozuqa bo`la oladigan kliplar suratga olishga harakat qilishini aytdi.

Sharhlar

2021 yilda dunyo bo`yicha nechta jurnalist o`ldirilgani ma`lum qilindi

03.01.2022, 15:38

2021 yil yakunlariga ko`ra, dunyo bo`yicha 45 nafar jurnalist o`ldirilgani ma`lum qildi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federasiyasi ma`lum yil yakunlari bo`yicha bergan hisobotida aytib o`tdi. Ma`lum...
OAV xodimlari badminton bo`yicha musobaqa o`tkazildi

25.12.2021, 21:45

Xabar berganimizdek, bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari o`rtasida badminton musobaqasi o`tkazildi.Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa jurnalistlar va...
Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi

17.09.2021, 12:26

Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining kotibi  Xudoyor Mamatov ma`lum qildi.Unga ko`ra, saylovoldi tashviqoti davrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot...
Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1