AsosiyJamiyat

Amir Temur so`nggi Sohibqiron. Buyuk sarkarda haqida qiziqarli faktlar

'Amir Temur so`nggi Sohibqiron. Buyuk sarkarda haqida qiziqarli faktlar'ning rasmi

Bugun, 9 aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun. 

Amir Temur haqida qiziqarli faktlar:
 

  • Har sakkiz yuz yilda Sohibqiron dunyoga kelishi to`g`risidagi ishonch azaldan keng tarqalgan. Amir Temur uchinchi va hozircha oxirgi Sohibqiron deb bilinadi.
     
  • Amir Temur olimlarga xayrixoh munosabatda bo`lar, bilimi va halolligini ko`rgan olimlarga ishonar edi. U tarixchi va faylasuflar, ilm-fan va ma`muriy sohada bilimdon bo`lgan kishilar bilan suhbatlashish uchun ko`pincha taxtidan ham tushardi. Amir Temur o`zidagi kishilarni bo`ysundirish qobiliyatiga ularni o`z hukmronligi ostida baxtiyor qilish iste`dodini ham qo`shgan edi. (Lui-Matyo Langle)
  • Amir Temur ko`p vaqtini shatranj o`yini ustida o`tkazgan. U o`z davrining mashhur shatranjchilari bilan bemalol bellasha olgan. (Xilda Xukxem)
     
  • Amir Temur faqat mahalliy mualliflarnigina rag`batlantirmay, balki o`z poytaxtiga chet el olimlari va shoirlarini ham jalb etdi hamda ularning hammasiga hotamtoylarcha mukofotlar hadya etar va o`z shaxsiy e`tibori va homiyligi bilan ularni qo`llab-quvvatlardi. Ana shu olimlarning ayrimlari Amir Temur saltanatida o`z vatanidagidan ko`proq ta`minlangan edi. (G. Vamberi)
  • Amir Temurning aqliy qobiliyatlari va qiziqishlari ko`lami kishini ayniqsa hayratga soladi. Uning hukmdorligi bitilgan tarixlarda tibbiyot, astronomiya va, ayniqsa, arablar, forslar va turkiylar tarixi sohasidagi bilimlari madh etiladi. U zavq bilan olimlarning munozaralariga kirishib, ko`pincha g`olib chiqardi... (V.F. Mans)
  • Amir Temur san`atni yuksak qadrlar edi. Uning o`zi badiiy asarlar majmuasiga ega edi. Turli toifadagi mashshoqlar, suxandonlar, haykaltaroshlar, bog`bonlar, rassomlar jahonning har xil davlatlaridan Amir Temur saroyiga to`plangan edilar. (Xilda Xukxem)
  • 1370 yil martida Amir Temur Samarqandga qaytib, uni o`z davlatining poytaxti qilib, keyin qonunlarni va o`z hokimiyati davlat tuzumini tartibga soldi. (Ibn Arabshoh)

    Boshqa yangiliklar