Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezident topshirig`iga asosan lavozimidan ozod etilgani xabar qilindi.
Ma`lum bo`lishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan birga barcha viloyat rahbarlari prezident topshirig`iga binoan chaqirtirilgan, viloyat hokimi guvohnomasi olingan. Andijon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib viloyat hokimining birinchi o`rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig`i Dilshod Karimov Abdumalikovich tayinlangan.
Ma`lumot uchun, Dilshodbek Karimov Andijon viloyati sobiq hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomontdan 2022 yil 1 avgust kuni o`tkazilgan hokimlik soatida birinchi o`rinbosar deb tanishtirilgan edi.