Bugun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov lavozimidan ozod qilingani hamda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib Karimov Dilshodbek Abdumalikovich tayinlangani haqida xabarlar tarqatildi.
Ta`kidlanishicha, ayni paytda mazkur xabar rasmiy manbalar tomonidan e`lon qilinmagan.
"Axborot resurslaridan haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz ma`lumotlarni tarqatmaslikni so`rab qolamiz", deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, aholi o`rtasida yolg`on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.






