1

“Suv parisi”ga oshiq yigit

Mutolaa 05.10.2016, 15:02
Teglar: Muhabbat, Yuragimda saqlaganlarim
“Suv parisi”ga oshiq yigit

Bu voqeani Sirdaryo viloyatidan qo`ng`iroq qilgan Normamat ismli muxlisimiz hayajon bilan hikoya qilib berdi. 

— O`shanda xuddi shunday qish fasli edi. Bilasiz, qishda qishloqlarda dala ishlari tugaydi. Odamlarning qo`li ishdan bo`shaydi. Ayollar ro`zg`or ishlari bilan, qizlar tikish-bichish bilan, yigitlar mol-xol bilan ovora. Faqat katta yoshli erkaklar hali choyxona, hali do`kon oldida yig`ilib suhbat qurishadi. Ba`zida bu suhbatlar qizigandan qizib, kishilar sovuqni ham pisand qilishmaydi. Ayrim paytlarda izg`irindan qochib birortasining uyiga kirib davom ettirishadi. Ana shunday kunlarda otam hamsuhbatlarini uyga boshlab kirdi:

— Ko`chada o`tiraverib, muzlab ketdik. “Biznikiga kiraylik”, desam unashmaydi. “Qishning o`chog`i tor”, deyishadi. “Qishning o`chog`i tor bo`lsa, bizning ko`nglimiz keng, yuringlar”, deb boshlab kelyapman. Darrov choy damlanglar, bir suhbat quraylik.

Biz darrov issiqqina uyga joy qilib, dasturxon yozdik. Otamning burun tortayotganini ko`rib, onam yozg`irdi:

— Ertaroq kirsalaringiz bo`ladi-ku! Har kuni sovuqda o`tirib nima zaril sizlarga? Kiringlar mana shu uyga. Sog`liq kerak emasmi, yo?

— Men kiringlar, deyman bular unamaydi-da! — o`zini oqladi otam.

— Yanga, sizning uyingiz keng, bemalol taklif qilolasiz. Bu erga kirgandan keyin, ertaga menam “Uyga yuringlar”, deyishim lozim. Ammo men hali yosh oilaman, uyim ham shunga yarasha. Bitta uyimda pechka yonadi. Bola-chaqaning oldiga etaklab kirolmayman-ku! Shu tomonlarini o`ylab biz o`zimizni tortamiz-da, — dedi otamning ulfatlari ichidan yoshrog`i Komil aka.

— Siz yozda chaqirasiz uyingizga. Shuni ham uylab o`tirasizmi? Odamning ko`ngli keng bo`lsin. Tortinmay kelavering, — dedi onam choy quyib uzatarkan.

O`sha-o`sha keyin bizning uyimiz mahalladagi otamning ulfatlariga qo`noq bo`ldi. Har kuni ular kelishar, bolaliklari, harbiy xizmat, turli latifalar, ba`zida birinchi muhabbatlarini aytib, bizni ham kuldirib o`tiradigan bo`lishdi. Biz bolalar ham tashqarida, sovuqda o`ynashdan ko`ra ularning suhbatini tinglashni ma`qul ko`rardik. O`sha damlarda Komil aka aytib bergan voqea sira esimdan chiqmay qoldi. Hamon quloqlarimda jaranglaydi va hayajonga soladi.

— Muhabbatga ham o`t tushsin, — dedi Komil aka qo`l siltab, ilk sevgi haqida so`z ketganda. — Ana, mening eng yaqin jo`ram Rashidning boshiga etdi. 

— Qanaqa muhabbat? U jinni bo`lib qoldi-ku! Keyin o`zini suvga tashladi.

— Bilmasangiz, jo`ramni jinniga chiqarmang. Hamma gapni mana, men bilaman. Uning muhabbati suvda edi. Aytsam, ishonmaysiz. Qishloq chetidagi anhorga cho`milishga borardik birga. Bir kuni maza qilib cho`milayotganimizda Rashid ko`rinmay qoldi. Chaqirdim, jim. Cho`kib ketdimi, deb qo`rqib ketdi. Bir payt qarsam, ancha narida anhor chetidagi daraxt tagida yuqoridan ko`z uzmay turibdi. Rangi oppoq, labida tabassum. Chaqirsam, eshitmaydi. 

O`sha kundan boshlab u hammadan oldin cho`milishga oshiqadigan, ammo suvga tushmay, o`sha daraxt tagiga borib oladigan odat chiqardi. So`rasak, indamaydi. Ishtahasi yo`qolgan, parishon, g`amgin bo`lib qolgandi. Tinimsiz so`rayverganimdan keyin u “O`sha kuni daraxtning boshida juda chiroyli qizni ko`rdim. Ko`z oldimdan ketmyapti. Har kuni boraman, yo`q”, dedi qayg`uga botib. “Issiqda boshingdan kun o`tibdi bola, ko`zingga ko`ringan. Daraxtning boshida qiz nima qiladi?” dedim qah-qah otib. U esa menga shunday qaradiki, ko`zlaridan o`t chiqqandek bo`ldi. Keyin g`azab bilan dedi: “Men ko`rganimni aytyapman. Ovozini ham eshitdim. Chunki menga qarab kuldi. Ammo gapirmadi. Juda go`zal edi u...”

Keyin bu gapni boshqalarga ham aytgan. Odamlar uni jinniga chiqardi. Lekin Rashid rostmana oshiqqa o`xshardi. Oxirgi marta ko`rganimda, “Uni yana ko`rdim. “Meni suvdan topasan”, dedi. Tushunmadim”, dedi ajablanib. Ertasiga esa uning suvga cho`kib ketishganini aytishdi. Qotib qoldim. Bilmadim, u qiz qim bo`lgan?

Komil akaning gapini hamma jim tingladi. So`ng fikr bildirishdi.

— Suvning devi qiz bo`lib ko`ringan unga... — dedi kimdir.

— Suv parisi deng, — dedi onam.

— U ham emas, bu ham emas, unga ajal o`zini qiz suratida namoyon qilgan, — dedi yoshi kattaroq qo`shnimiz.

Xullas, bu voqeani hech kim qat`i izohlamadi. Dunyoning “ishlari”ga yo`yishdi...

KAMINA yozib oldi

Sharhlar

​QIMMATGA TUShGAN “MUHABBAT”

25.07.2017, 11:04

Biron bir ishni boshlash oson kechmaydi. Nemislarda ham “hamma ishning boshlanishi og`ir” degan maqol bor. Qancha mehnat, mablag` va tinimsiz harakat zarur. Hujjatlarni to`g`rilash, ma`lum...
​Shubhaga ergashib…

11.07.2017, 12:11

Nasiba ko`zini to`yxonaning to`rt tomoniga yugurtirib erini izlay boshladi. Qani u? Topolmagach, o`rnidan turdi-da, butun tashvishlarini unutib sho`x taronaga raqs tushayotganlarni oralab, eshik tomon yurdi....
​Yaproqdagi nur

29.06.2017, 14:11

Qizlar yotoqxonasining yuqori qavatiga ko`tarilayotganimda qattiq hayajonlanib ketdim. Ko`rishmaganimizga ham ancha bo`ldi. Qanday kutib olarkin? Nimadan gap boshlasam ekan? Bu uchrashuvimiz nima bilan tugarkin? Har...
​MEHRIBON

28.06.2017, 15:27

Sobira kalendarga qaradi. O`n ettinchi fevral… Ertaga o`g`li bilan uchrashadi. Ikkilarining ham tug`ilgan kunlari. Yuragini temir qo`llar g`ijimlagandek bo`ldi. Sog`ingan, juda-juda sog`ingan…Uch yil muqaddam…Sobira o`zi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1