“Bavariya” jamoasi va Avstriya terma jamoasi himoyachisi David Alaba “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” forvardi Lionel Messini o`zaro taqqosladi va o`zining fikriga ko`ra kim kuchli ekanini bildirdi.
– Fikrimcha, Ronaldu Messidan kuchli. Uning jussasi katta va u juda baland sakraydi. U odam emas, menga ishoning, – dedi Alaba.
So`nggi yillarda Messi va Ronalduni taqqoslash odat tusiga aylandi. Bir qator futbolchi va mutaxassislar ularni taqqoslashdan charchamaydi.