AsosiyJamiyat

Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida chaqaloq tug`ildi

'Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida chaqaloq tug`ildi'ning rasmi

Uzbekistan Airways kompaniyasining NU273 reysi bortida 26 aprel kuni o`g`il bola dunyoga keldi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, ​​​​tug`ruq Istanbulga yaqinlashganda boshlandi. 1996-yilda tug`ilgan yo`lovchi Sitora A. bortkuzatuvchilarga og`riq boshlanganligini bildirgan. Brigadir vaziyatni baholab, bortdagi yo`lovchilarga murojaat qilib, agar ular orasida shifokorlar bo`lsa yordam berishlarini so`radi. Biroz vaqt o`tgach, yo`lovchi homiladorlikning 28 haftasida o`g`il farzandni dunyoga keltirdi. Xavfsiz qo`nishdan so`ng Istanbul xalqaro aeroportining tibbiyot xodimlari bortga chiqishdi. Ona va yangi tug`ilgan chaqaloq klinikaga yotqizildi, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

"Aviakompaniya jamoasi nomidan kichik yurtdoshimizning ota-onasini farzandi tug`ilgani bilan tabriklaymiz, bortda tug`ruq jarayoniga yordam bergan ekipaj va shifokorlarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz"  deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar