Bugun, 27 aprel kuni soat 15:40larda Sardoba tumani “Fayzilobod” MFY (uy egasi 1988 y.t. K. A.) hovlisida joylashgan xojatxonasidan 3 nafar fuqarolarning jasadlari aniqdi. Bu haqda darakchi.uz manbasi ma`lum qildi.
Voqea sababini o`rganish vaqtida uy egasi K.A.ning qo`l telefoni xojatxonaga tushib ketganligi sababli otasi va ukasini chaqirib, birgalikda telefonini olib chiqish vaqtida xojatxanaga chuquriga tushib, “Noma`lum etiologiyali zaharlanish” natijasida voqea joyida vafot etganligi taxmin qilinmoqda.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.