1

“Bu favqulodda holat!” Surxondaryoda so`nggi uch oyda 5 nafar ona va 116 nafar go`daklar o`limi qayd etildi

Jamiyat 28.04.2023, 18:30
“Bu favqulodda holat!” Surxondaryoda so`nggi uch oyda 5 nafar ona va 116 nafar go`daklar o`limi qayd etildi

Sherobod tumanida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug`bek Qosimov rahbarligida sog`liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar muhokamasi o`tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etishishicha, keyingi 6 yilda viloyatdagi tibbiyot muassasalari soni 581 taga, birlamchi tibbiy xizmat ko`rsatuvchi muassasalar 174 taga etkazildi. Joriy yilning o`zida 62 ta poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari hamda 40 ta mahalla tibbiy punktlari yangitdan tashkil etililishi belgilangan.

Shunga qaramay, sog`liqni saqlash tizimida o`z echimini kutayotgan muammolar ham talaygina. Xususan, aholi o`rtasida yuqumli va parazitar kasalliklar o`sib borayotgani, eng achinarlisi, o`tgan 3 oy davomida 5 nafar onalar o`limi, 116 nafar go`daklar o`limi qayd etilgani favqulodda holat ekanligi ta`kidlandi.

Onalar va bolalar o`limi holati viloyat rahbari tomonidan qattiq tanqid qilindi va ushbu holatlar qayd etilgan tibbiyot muassasalarida viloyat Ishchi guruhi tomonidan o`rganish o`tkazilishi, aybdorlarga nisbatan qonuniy jazo choralari qo`llanilishi hamda o`rganish yakunlari kengaytirilgan tarzda muhokama qilinishi belgilandi.

Sog`liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar yo`nalishlar va hududlar kesimida ham tanqidiy-tahlil qilindi. Onalar va go`daklar o`limiga favqulodda holat sifatida qarab, tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, muassasalardagi sharoitlarni yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha soha mutasaddilari va hududlar rahbarlariga vazifalar belgilab berildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1