Toshkentdagi «Islom ota» jome` masjidi yangi binosining ochilishi munosabati bilan 6 oktyabr kuni tongda ehson oshi berildi. Marosimdan fotoreptoraj Facebook ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilindi, deb yozadi “Daryo”.
Marosim taklifnomasida qayd etilishicha, tadbir “‘Islom ota’ jome` masjidi yangi binosining ochilishi shukronasi hamda marhum Yurtboshimiz Islom Karimov ruhi poklariga savobi etsin degan umidda” tashkil etilgan.
“Islom ota” jome` masjidi jamoasining ma`lum qilishicha, masjidning yangi binosi “Yurtboshimizning kenja qizlari Lola Karimova-Tillaeva va kuyovlari Timur Tillaev homiyligida” butkul qayta qurilgan.



















