AsosiySalomatlik
78913

«Homiladorlik testi xato qiladimi?»

— Hayz sikli boshlanadigan kun o`tib ketgach, homiladorlikni aniqlash uchun test o`tkazdim. Test qalamchasining ikkita chizig`i ham qizil rangni ko`rsatdi. Ammo oradan 10 kun o`tib, hayz ko`rdim. Avvaliga qon ketishi bo`lsa kerak degandim. Biroq odatdagidek hayz boshlanganini bilib, o`ylanib qoldim. Nega test qalamchasi homiladorlikni ko`rsatdiyu, keyin nega yana hayz ko`rdim?

Yu.N.

Oliy toifali akusher-ginekolog Nilufar BO`STONOVA javob beradi:

— Bu holat test qalamchasidan noto`g`ri foydalanish oqibatida ham sodir bo`ladi. Homiladorlikni aniqlovchi testlar qat`iy ko`rsatmasiga binoan bajarilishi kerak. Shuningdek, hayz kechikayotganiga bir-ikki kun emas, 10 kun o`tgachgina test o`tkazsa bo`ladi. Hayz oldi organizmda gormonal holat o`zgaradi. Agar test mana shu davrda o`tkazilsa, yanglish natijani ko`rsatishi mumkin.

Boshqa yangiliklar