1

"650 million so`mlik chek". QQSni qaytarish uchun cheklarni ro`yxatdan o`tkazishda huquqbuzarlik holatlari aniqlanmoqda

Jamiyat 06.05.2023, 11:34
"650 million so`mlik chek". QQSni qaytarish uchun cheklarni ro`yxatdan o`tkazishda huquqbuzarlik holatlari aniqlanmoqda

Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo`llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, 2023 yil 1 maydan joriy etilgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga ayrim tovarlarni sotib olganda to`langan QQSni (12%) ijtimoiy keshbek sifatida qaytarish tizimi hisoblanadi. 

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kam ta`minlangan deb e`tirof etilgan oilalar kiritiladi.

O`tgan 4 kun davomida mazkur tizim foydalanuvchilari soni 4 534 nafarga etdi. 

Biroq, bunday keshbekka ega bo`lish huquqini suiiste`mol qilish holatlari uchramoqda. Masalan, fuqaro T.Sh. QQSni qaytarish maqsadida xarid summasi 650 mln so`mlik, fuqaro M.A. 481 mln so`mlik chekni "Soliq" mobil ilovasida ro`yxatdan o`tkazgan. Bu esa kam ta`minlangan aholiga ijtimoiy keshbek berish mohiyatiga ziddir.

"Shu munosabat bilan fuqarolardan "Soliq" ilovasidagi akkauntiga uchinchi shaxslarga kirish huquqini bermasliklarini hamda shubhali cheklarni ro`yxatdan o`tkazishlariga yo`l qo`ymasliklarini so`raymiz.

Chunki bunday harakatlar ma`lumotlarni qo`shimcha organib, tekshiruvlar o`tkazish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa haqiqatda ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga muhtoj bo`lgan fuqarolarga keshbek to`lash muddatini kechikishiga olib keladi", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1