Ijtimoiy tarmoqda yigit yaxshi ko`rgan qizini pichoqlab o`ldirgani haqidagi xabar tarqaldi.
Namangan viloyati IIB yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, bugun, 6 may kuni soat 12:00 da To`raqo`rg`on tumanida yashovchi 26 yoshli erkak Namangan Davlat pedagogika instituti binosi oldida oilaviy kelishmovchilik sababli o`zining 23 yoshli turmush o`rtog`i bilan janjallashib, uni pichoq bilan urib, o`limiga sababchi bo`lgan tan jarohati etkazgan.
Bosh prokuratura bergan ma`lumotga ko`ra, er voqeadan so`ng o`ziga ham bir necha marotaba pichoq bilan jarohat etkazib, o`z joniga suiqasd qilgan.
Shu vaqtda, voqea joyida bo`lgan fuqarolar tomonidan erkak shifoxonaga xushsiz holatda olib borilgan.
Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush o`rtog`i bilan 2022 yilning yanvar oyidan buyon o`zaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan.
Shundan so`ng, u turmush o`rtog`ini o`zi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashq qilib kelgan holda bir necha marotaba janjallashib yurgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






