Mamlakatimizga aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va aylanishiga qator organlar tomonidan tizimli ravishda qarshi kurash olib borilmoqda. Darhaqiqat, birgina bojxona tizimida respublikaning turli hududlarida aniqlanayotgan kontrafakt tamaki mahsulotlari haqida tez-tez xabarlarga ko`zimiz tushadi. Xususan, bojxonachilar yana shunday holatni fosh etishdi.
XONADON “YaMA”SIDA SAQLANGAN TAMAKILAR
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida raqamli markirovka kodlariga ega bo`lmagan hamda aksiz markalari bilan qadoqlanmagan tamaki mahsulotlarini noqonuniy saqlanishini aniqlash bo`yicha tezkor tadbir o`tkazildi. Namangan shahrida o`tkazilgan tadbir davomida, O`zbekiston fuqarosi Davlatobod tumani Orzu MFYda yashovchi M.G.A yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, fuqaro yashash xonadonning er to`lasida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati: 300 mln. so`mlik jami 28 980 quti (Winston, ESSE gold...) nomli tamaki mahsulotlarini xonadonidan “yama” sifatida foydalanib, noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Xozirda xolat yuzasidan bojxona boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
2023 YILDA RAQAMLAR YaNA KO`TARILDI
Aniqlangan holatlar haqida gapiramiz, tegishli organlar tomonidan choralar ko`rialdi, biroq kontrabanda mahsulotlarini olib kirish harakatlari hamonki tugagani yo`q. Misol uchun, bojxona organlari tomonidan 2022 yilda 338 ta huquqbuzarlik holatlarida 19,8 mlrd. so`mlik 1 mln 619 ming quti tamaki mahsulotlarini to`xtatib qolingan. 2023 yilning birgina 1 choragida ushlab qolingan tamaki mahsulotlari esa o`tgan yilgi ko`rsatkichga etay, deb qolgan. Ya`ni atigi 3 oy ichida bojxonachilar 89 ta holatda 13 mlrd. so`mlik 853 ming quti sigaretlarining noqonuniy realizasiyasiga chek qo`yishgan. Afsuski raqamlar ortib bormoqda.
Aniq raqamlarga nazar soladigan bo`lsak, O`zbekistonda birgina noqonuniy tamaki mahsulotlarining miqdori 22.5% ga tengligini ko`rsatdi.
KONTARBANDAChILARGA ChORA KO`RILMAYaPTMI?
Xo`sh nega tamaki mahsulotlari kontarbandasi ortdi? Nega ularni chegaradan olib kirish oson bo`lmoqda? Yoki ulardan hech qanday mas`uliyat yo`qmi? Bu borada aniq ma`lumotlarga nazar tashlaymiz.
Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi yuzasidan Bojxona organlari tomonidan 2022 yilda 85 ta holat bo`yicha jinoyatishi qo`g`atilgan. Shuningdek, 253 ta holatda ma`muriy ishlar yuritilib ko`rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan. 2023 yil 1 choragida esa bojxona organlari tomonidan 31 ta holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 44 ta holatda esa ma`muriy ishlar yuritilib ko`rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.
Xulosa qilib aytganda, tegishli organlar iste`molga yaroqsiz va noqonuniy tamaki ma`hsulotlariga qarshi kurashyapti, lekin bu kurash etarli emas. O`zbekiston hududiga kirgan atigi bir qutti sifatsiz tamaki fuqarolarimiz salomatligiga jiddiy xafv tug`dirishi mumkin. Shunday ekan bu zahri qotilga qarshi, nafaqat tegishli organlar, balki har birimiz kurashishimiz kerak. Zero, sifati kafolatlanmagan mahsulot, salomatlik uchun eng xavfli !
15.05.2023 18:23
Namangandagi xonadondan noqonuniy saqlanib kelingan 300 mln. so`mlik jami 28 980 quti tamaki mahsulotlari topildi






