Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo`limi o`tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahar “Markaz” elektr ta`minoti guruh ustasi U.I. fuqaro M.N.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga fuqro N.R. orqali 8 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






