Shu kunlarda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva amaliy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida bo`lib turibdi.15 may kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev bilan uchrashdi.
Prezident Ilhom Aliev Tanzila Narbaeva boshchiligidagi delegasiyaning Ozarbayjonning buyuk farzandi, atoqli davlat va jamoat arbobi Haydar Aliev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining navbatdan tashqari yig`ilishida ishtirok etayotgani, ushbu mamlakatning umummilliy lideri xotirasiga ko`rsatilgan yuksak hurmat-ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.
16.05.2023 17:57
Tanzila Norboeva Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdi
