AsosiyJamiyat

Toshkentda Matiz haydovchisi urib yuborgan 12 yoshli piyoda vafot etdi

'Toshkentda Matiz haydovchisi urib yuborgan 12 yoshli piyoda vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 may kuni taxminan soat 19:00 atrofida Toshkent shahar Uchtepa tumani, Lutfiy ko`chasida, haydovchi 1992 yilda tug`ilgan M.A. ishonch qog`ozi asosida Matiz avtomashinasida harakatlanib, tartibga solinmagan piyodalar yo`lagidan o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida piyoda, 2011 yilda tug`ilgan maktab o`quvchisi E.Q. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar