1

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg`oniston Prezidenti bilan uchrashdi

Jamiyat 08.10.2016, 12:33
Teglar: TIV
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg`oniston Prezidenti bilan uchrashdi

2016 yilning 4 oktyabr kuni Bryussel shahrida O`zbekiston Respublikasi delegasiyasining Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya ishida ishtiroki doirasida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazdi.

Suhbat boshida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Samarqand shahrida o`tkazilgan dafn marosimida shaxsan qatnashgani va O`zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani uchun Afg`oniston Prezidentiga O`zbekiston rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirildi.

Uchrashuvda O`zbekiston-Afg`oniston kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasidagi do`stlik va qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida turli darajadagi aloqalarni faollashtirish qo`llab-quvvatlandi.

Sharhlar

O`zbekiston TIV 35 kishini halok qilgan Afg`onistondagi portlash yuzasidan bayonot berdi

01.12.2022, 08:37

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg`onistonning Samangan provinsiyasida sodir bo`lgan terrorchilik xuruji yuzasidan bayonot berdi.Bayonotda Aybak shahridagi asosan yoshlar qurbon bo`lgan portlash keskin qoralangan. Shuningdek, bunday...
Qozog`istondagi voqealar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi

05.01.2022, 20:52

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istondagi voqealar yuzasidan quyidagicha bayonot berdi."Birodar Qozog`istonda kechayotgan voqealar O`zbekiston tomonidan xavotir bilan qabul qilinib, ushbu mamlakatdagi vaziyat rivoji diqqat...
Tashqi ishlar vaziri: "AQSh bizga 5 million dozadan ortiq vaksinani beg`araz taqdim etganidan minnatdormiz"

03.10.2021, 17:26

2021 yilning 3-oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo`shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o`rinbosari Uendi Sherman bilan uchrashuv o`tkazdi. Suhbat chog`ida O`zbekiston-AQSh...
O`zbekiston delegasiyasi Afg`oniston masalalari bo`yicha Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi

27.09.2021, 10:33

Joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari  Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi.Mazkur tadbirda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1