1

Futbol bo`yicha jahon chempionati U-20: O`zbekiston Yangi Zelandiya bilan durang o`ynadi

Sport 24.05.2023, 09:20
Futbol bo`yicha jahon chempionati U-20: O`zbekiston Yangi Zelandiya bilan durang o`ynadi

Yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatining 2-turida O`zbekiston Yangi Zelandiya jamoasi bilan qiyin durangga erishdi. 

A guruhida kechgan bahs vakillarimizning ustunligida o`tdi, ammo birinchi taymda raqiblar ikki zarbadan ikki gol urishdi.

Ravshan Haydarov shogirdlari ikkinchi taymda aniqroq harakat qilib, ikki gol urishga muvaffaq bo`lishdi.

O`zbekiston — Yangi Zelandiya 2:2
Gollar: Fayzullaev (51), Esanov (90+3) — Uolls (23), Herdman (41).

O`zbekiston U20 — Otabek Boymurodov, Diyor Ortiqboev (Shahzod Ne`matjonov, 84), Abduqodir Husanov, Jahongir O`rozov, Mahmud Mahamadjonov (Saidafzal Ahrorov, 68), Zafarmurod Abdurahmatov, Behruz Asqarov (Rustam Turdimurodov, 68), Umarali Rahmonaliev, Nodir Abdurazzoqov (Sherzod Esanov, 46), Abbos Fayzullaev, Po`latxo`ja Xoldorxonov (Shahzod Akramov, 90+2).

Yangi Zelandiya U20 — Sims, O'Liri (Harvi, 46), Hyuz, Surman, Kelli, Makkey, Konchi, Uolls (Fay, 83), Herdman (Manuel, 87), Garbett (Supik, 63), Donkers (Kolloti, 63).

Ogohlantirishlar: Rahmonaliev (10), Makkey (18), O'Liri (24), Fayzullaev (86).

Ravshan Haydarov jamoasi so`nggi turda 26 may kuni Gvatemala bilan o`ynaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1