AsosiyJinoyat

Toshkentda maktab o`quvchisi tanishini pichoqlab o`ldirib qo`ydi

'Toshkentda maktab o`quvchisi tanishini pichoqlab o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

Voqea joriy yilning 22 may kuni soat 23:30 atrofida Toshkentning Olmazor tumanida sodir bo`lgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2004 yilda tug`ilgan bola (242-sonli maktab o`quvchisi) uning Samsung telefonini olib qo`yishga harakat qilgan tanishi bilan janjallashib, o`tkir tig`li jism bilan bir necha marotaba tan jarohat etkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Oqibatda olingan tan jarohatlari natijasida jabrlanuvchi shaxs vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi shaxs ushlangan.

    Boshqa yangiliklar