AsosiyShou-biznes

Rayhonning o`g`illari bilan poezd yo`lida yotgani aks etgan surat tanqid ostiga olindi(Foto)

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhonning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylagan yangi suratlari internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. 

Rayhon dam olish kunlarini o`g`illari Islom va Imron bilan birga o`tkazdi. Ular birgalikda 3D fotosuratlar ko`rgazmasiga bordi. Xonanda ko`rgazmadagi noodatiy fotosuratlar yonida o`g`illari bilan rasmga tushdi. Ana shunday suratlardan biri  xonandaning muxlislarining e`tiroziga sabab bo`ldi. Unda yurib kelayotgan poezd yo`lida o`g`illari bilan  yotgani aks etgan. Muxlislarning fikricha, bunday “bexosiyat” suratni ijtimoiy tarmoqqa joylash yaxshilik alomati emas. Shuning uchun ham ular Rayhondan mazkur suratni sahifasidan o`chirib tashlashni so`radi. 

Keskin tanqidlarga xonanda “Irim-sirimga ishonish gunoh. Hammasi Ollohdan”, deb javob berdi.







Boshqa yangiliklar