Dubayda qurilishi ko`zda tutilgan “Oloviddin shahri”ining dizayn ishlari boshlab yuborildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.
Shahar munisipalitetining ma`lumot berishicha, bu loyiha Dubai Creek ko`rfazida amalga oshirilishi ko`zda tutilgan. Loyihaga Oloviddin va Sinbod dengiz sayyohi haqidagi arab ertaklari g`oyasi asos qilib olingan. Dizayn yil davomida to`liq ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. “Oloviddin shahri”da jinchiroqlar shaklidagi uch bino — savdo va mehmonxona majmuasi quriladi. Ular o`zaro bir-biri bilan ajdarho va ilonlarga o`xshash yo`lakchalar orqali birlashtiriladi. Binoning umumiy maydoni 110 ming kvadrat metrni tashkil qilib, siljiydigan pollar bilan jihozlanadi.

