1

Toshkentda tungi vaqtda noqonuniy faoliyat yuritgan internet kafe va kompyuter klublari aniqlandi

Jamiyat 10.10.2016, 13:59
Teglar: Internet, Toshkent
Toshkentda tungi vaqtda noqonuniy faoliyat yuritgan internet kafe va kompyuter klublari aniqlandi

Toshkent shahar hokimining 2015 yil 18 fevralda  “Toshkent shahrida internet tarmoqlari va kompyuter orqali xizmat ko`rsatuvchi xo`jalik subektlarining faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 146-son qarori chiqqan edi.

Ushbu qarorga ko`ra, mazkur yo`nalishda faoliyat olib boruvchi internet kafe va kompyuter klublari kechasi soat 21:00gacha ish olib borishi belgilangan. Afsuski, ushbu qarorning bajarilishi o`rganilganda, uning talablarini hali-hamon buzib kelayotgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar borligi aniqlanmoqda, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati. 

Xususan, tumanlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan 2016 yil 3-6 oktyabr kunlari shahardagi 63 ta“internet kafe” va “kompyuter klub” faoliyati o`rganilganda: 

•   Mirobod tumani Fitrat ko`chasi, 28-uyda joylashgan «ZOIR-SIDDIQ BIZNES PLYUS» MChJgaqarashli “Shicago” kompyuter o`yingohi 3 oktyabr kuni soat 23:00 da va Mirobod ko`chasi, 27/9-uy, 1,2,3-xonadonlarida joylashgan “ART INTER TRAYD” MChJga qarashli “PRAYM TIME PLAYSTATION” kompyuter o`yingohi 5 oktyabr kuni soat 21:20 da;  

•  Yunusobod tumani 14-mavzeda joylashgan « PLAYSTATION -3» kompyuter o`yingohi 3 oktyabr kuni soat 23:00 da va 11-mavzeda joylashgan “GAME CLUB” kompyuter o`yingohi 3 oktyabr kuni soat 23:30 da;

•  Yashnobod tumani Usmon Nosir ko`chasi, 13-uyning erto`la qismida joylashgan«PLAYSTATION» kompyuter o`yingohi    6 oktyabr kuni soat 23:10 da (7 nafar fuqaroga xizmat ko`rsatayotganligi);

•  Yakkasaroy tumani Bratislava ko`chasi, 2-uyda joylashgan “VOLCANO GAME” MChJgaqarashli “ADRENALIN NET” kompyuter o`yingohi 6 oktyabr kuni soat 22:30 da (17-18 nafar fuqaroga xizmat ko`rsatayotganligi);

•  Shayxontohur tumani Labzak ko`chasida joylashgan “RESPECT” kompyuter o`yingohi 5 oktyabr kuni soat 22:30 da faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

Tungi soat 21:00 dan keyin faoliyat yuritganligi aniqlangan ushbu xo`jalik sub`ektlariga nisbatan ma`muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi va jinoyat ishlari bo`yicha tegishli sudlarga yuborildi.

Ushbu yo`nalishda tungi reydlar davom ettiriladi.

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1