AsosiySalomatlik
9917

Pishloq haqida 8 ta fakt

  1. Ertalab soat 9-10 da iste`mol qilingan pishloqni foydali xususiyatiga ko`ra oltinga qiyoslashadi. Soat 10:00 dan to 12:00 gacha eyilgani «kumush», 12:00 dan  16:00 gacha bo`lgan vaqtda esa u «bronza» bilan taqdirlanadi.
  2. Ushbu mahsulot tarkibidagi oqsil moddasi go`shtdagidan ham ko`proq. Qolaversa, organizmga oson so`rilishi bilan oshqozonda og`irlik hosil qilmaydi.
  3. Olimlarning fikricha, pishloq tarkibidagi birikmalar yogurt va sutga qaraganda foydaliroq bo`lib,  tishlarni kariesdan himoya qiladi.
  4. Diqqatni talab qiluvchi kasb egalari, maktab o`quvchilari, homilador va emizikli ayollar taomnomasida pishloq bo`lishi shart.
  5. Dietologlar ozishni istaganlar, sil, diabet, jigar va o`t qopi kasalliklari hamda kamqonlikka chalinganlarga ham pishloq iste`mol qilishni tavsiya etishadi.
  6. Pishloq muzlatkichning quyi qavatida saqlanishi lozim. Mazkur mahsulot namlikni yoqtirmaydi. Shu bois selofan paketga o`rab qo`ying.
  7. Yumshoq pishloq bolalar uchun foydali sanaladi. Uning tarkibida rivojlanayotgan organizm uchun g`oyat zarur bo`lgan kalsiy va ftor moddasining kunlik miqdori bor. Ertalab bir bo`lak nonga surtilgan yumshoq pishloq bilan farzandingiz organizmini kerakli mikroelementlar bilan siylaysiz.
  8. Dunyodagi eng foydali pishloq Ximolayda tayyorlanadi. Qo`tos sutidan tayyorlangan pishloq tarkibida ko`p miqdorda foliy kislotasi bo`lib, mazkur modda yurak qon-tomirlarini mustahkamlab, saratondan himoyalaydi.

Boshqa yangiliklar